Jeykob Elordi Gilermo del Toroning yangi kartinasida

Aktyor “Frankenshteyn” filmida

Foto: Instagram / moviemagick

Tarmoqda Gilermo del Toroning “Frankenshteyn” asari yangi kinokadrlari paydo bo‘ldi. Hozircha bosh rolni “Eyforiya” va “Soltbern” filmlari yulduzi Jeykob Elordi ijro etishi aytilmoqda. Fotosuratlarda Elordi g‘amgin gotik qiyofada ko‘rinadi: yashil teri, yashirin yuz, katta mo‘ynali kurtka.

“Suvning shakli” filmi uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan rejissor, bu filmni o‘zining 25 yillik ijodiy faoliyatining cho‘qqisi deb ta’riflaydi. Kartina premyerasi 2025-yil kuzida bo‘lib o‘tadi.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles