Jil Sander uyiga qaytmoqda

Simone Bellottining debyuti

21 Sen 2025
Foto: Instagram / archived

Simone Bellotti Jil Sander uchun yaratgan ilk to‘plamining namoyishi 25-sentyabr kuni Milanda o‘tkaziladi. Tadbir 2017-yildan buyon ilk marta brendning Piazza Castellodagi bosh qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Mazkur maskanning XIX asrga taalluqli bo‘lgan binosi Sforza qal’asi yonida joylashgan bo‘lib, ilgari kinoteatr vazifasini o‘tagan. Interyeri minimalistik uslubda yaratilgan ushbu binoning keng derazalari  o‘rta asr qal’asiga qaragan. Ixcham joy tanlash orqali Bellotti unga ulkan podiumlar-u, shov-shuvli namoyishlar emas, libosini kiyadigan mijozlar bilan yuzma-yuz aloqa hamda mehmonlar uning to‘plamida qalblariga yaqin bo‘lgan nimanidir ko‘ra olishlarining  muhimligini bildirdi. Namoyish Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 10:30 da boshlanadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles