Jingalak sochlarni boshqarish: jingalak va to‘lqinsimon sochlarni samarali parvarishlash sirlari

Nima uchun jingalak sochlar alohida parvarishni talab qiladi?

11 Iyun 2025
Curl Expression soch uchun niqobi

Jingalak sochlar tabiatan to‘g‘ri sochlarga qaraganda quruqroq va g‘ovakroq bo‘ladi, shu sababli bosh terisi yog‘i butun uzunligi bo‘ylab bir tekis tarqala olmaydi. Bu esa ko‘pincha sochlarning suvsizlanishi, xiralashishi va shaklini yo‘qotishiga olib keladi. Jingalak sochlar elastik va sog‘lom ko‘rinishda bo‘lishi uchun ularga maxsus parvarish zarur. Bu parvarish nafaqat sochlarni namlaydi, balki jingalaklarning egiluvchanligini saqlab, momiqlanishining oldini oladi va shaklini saqlaydi. ELLE O‘zbekiston L’Oréal Professionnel bilan hamkorlikda jingalak sochlarning tabiiy go‘zalligini saqlash uchun professional¹ vositalar yordamida parvarishlash sirlarini taqdim etadi.

Bo‘ysunmas soch tolalarini chuqur namlash va tartibga solish

Zamonaviy professional jingalak sochlarni parvarishlash mahsulotlari nozik tozalash va har tomonlama namlashga asoslanadi. L’Oréal Professionnel’ning Curl Expression⁴ turkumida sochlarning namlanish² darajasini ikki barobar oshiradigan va tolalarni yanada aniqroq namoyon qiladigan formulalar qo‘llaniladi.

Curl Expression shampuni, niqobi, krem-jelesi, namlovchi mussi, spreyi

Bundan tashqari, bu vositalar 48 soatgacha antifriz ta’sirini³ ta’minlaydi, yuqori namlik sharoitida ham sochlarning yumshoqligini saqlab qoladi.

1. Ehtiyotkorona tozalash

To‘g‘ri parvarish har doim to‘g‘ri tanlangan shampundan boshlanadi. Curl Expression turkumida yumshoq to‘lqinlar uchun ham, qalin afro sochlar uchun ham mos variantlar mavjud. Tarkiblar sochlarning tabiiy lipid muvozanatini buzmasdan, ularni nozik tarzda tozalaydi. Mutaxassislar ikki xil shampundan foydalanishni tavsiya etadilar: avval stayling va iflosliklarni ketkazish uchun chuqur tozalovchi, keyin esa – sochlarni keyingi parvarishga tayyorlaydigan kuchli namlovchi shampun.

2. Oziqlantirish va tiklash

Parvarishning keyingi bosqichi – niqob. U nafaqat jingalak turiga, balki sochning g‘ovaklik darajasiga ham mos kelishi kerak. Curl Expression tarkiblari namlik yetishmovchiligini to‘ldiruvchi komponentlar bilan boyitilgan. Niqob sochiq bilan yaxshi siqilgan sochlarga surtiladi, soch holatiga qarab o‘n daqiqagacha ushlab turiladi, so‘ngra soch bo‘ylab yaxshilab ko‘pirtiriladi va yuviladi. Bu bosqich sochlarni namroq va yumshoqroq qilishga yordam beradi, shuningdek, sochlarning hurpayishidan himoya qiladi.

3. Aniq jingalakni shakllantirish

Jingalaklar o‘z shaklini saqlab qolishi, tabiiy ko‘rinishi va hurpaymasligi uchun yuvilmaydigan parvarish vositalarini to‘g‘ri tanlash muhim. Professional stilistlar Curl Expression turkumidan yengil krem-muss va quyuqroq krem-gelni birgalikda ishlatishni tavsiya qilishadi. Bunday kombinatsiya jingalaklarni og‘irlashtirmasdan, ularning harakatchanligini saqlab qolish imkonini beradi. Vositalarni nam sochlarga bir tekis taqsimlab, qo‘l yoki taroq yordamida tutamlar hosil qilish lozim.

4. Soch turmagi shaklini saqlash

Sochlar yuvilgandan keyin ikkinchi yoki uchinchi kuni ham ularning elastikligi va yaltiroqligini saqlab qolish uchun Curl Expression namlovchi spreyidan foydalanish kerak. U quruq yoki biroz nam sochlarga 20 santimetr masofadan purkaladi, so‘ngra jingalaklar qo‘llar bilan biroz buraladi va shakli tiklanadi. Sprey yangilik bag‘ishlaydi, hurpayishni bartaraf etadi hamda aniqroq va elastik jingalaklar hosil qiladi.

Curl Expression tozalash uchun shampuni, namlash uchun shampun, namlash va intensiv namlash uchun niqob, parvarish kremi, krem-jele, muss, spreyi

Zamonaviy jingalak soch parvarishi intensiv namlanish, tashqi omillardan himoya qilish va tolalarning tabiiy shaklini saqlash o‘rtasidagi muvozanatga asoslanadi. L’Oréal Professionnel’ning Curl Expression turkumi sochlarning sog‘lom ko‘rinishi va go‘zalligini saqlab qolgan holda, hatto uy sharoitida ham jingalaklarning har qanday turiga moslashtirilgan professional parvarish tizimini yaratish imkonini beradi.

¹Salon va uyda foydalanish uchun mo‘ljallangan L’Oreal Professionel mahsulotlariga tegishli

²“Curl Expression Rich” intensiv namlovchi shampuni va  intensiv namlovchi niqobidan foydalanib instrumental sinov.

³Instrumental test, quyidagi vositalarga tegishli: “Curl Expression” Intensiv namlovchi niqobi, Jingalak sochlarda tabiiy ta’sirni saqlab qolish uchun niqob, Yuvilmaydigan parvarish kremi, 10 tasi 1da ko‘p funksiyali yuvilmaydigan muss kremi, gammalarining yuvilmaydigan parvarish spreyi

Kerl Ekspreshn

Hamkorlik materiali

Maqolani baham ko'ring

Related articles