Jonatan Anderson
Ijodiy direktor Loewe’ni tark etmoqda

Каждый предмет на этой странице был выбран редактором ELLE. Мы можем получать комиссионные за некоторые из товаров, которые вы решите купить.
Brend hozircha Andersonning keyingi rejalari va yangi ijodiy rahbar haqida ma’lumot bermayapti.
“O‘n bir yil avval menga ajoyib imkoniyat nasib etdi: 179 yillik tarixga ega bo‘lgan bobni yozish.
LOEWE’dagi faoliyatimning ilk kunidan boshlab, dizayn-studiya va atelyeda beqiyos iste’dodga ega hamfikrlarni uchratdim. Ularning mahorati hanuzgacha tengsizdir. Bilimingizni baham ko‘rganingiz uchun tashakkur.
Men eng ko‘p faxrlanadigan yutuqlarimdan biri Loewe Craft Prize mukofotini ta’sis etganim bo‘ldi. Biz yo‘qolib borayotgan hunarmandchilikni, yosh va tajribali ustalarni, yangi g‘oyalarni samimiy qo‘llab-quvvatlaydigan, targ‘ib qiladigan maydon yaratdik. Jamg‘arma jamoasi, hakamlar hay’ati a’zolari va mutaxassislarga vaqtlari hamda sadoqatlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman”, – deya fikr bildirdi Jonatan.