Jonatan Anderson

Dizayner Mariya Gratsiya Kyurining o‘rnini egalladi

Foto: instagram / schoolofstyle

Jonatan Anderson Dior ayollar va kutyur liniyasining yangi ijodiy rahbari etib rasman tayinlandi. U bu lavozimda 29-may kuni brendni tark etgan Mariya Gratsiya Kyurining o‘rnini egalladi.

Bundan oldin Anderson Dior erkaklar liniyasining rahbari etib tayinlangan edi. Oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Parij moda haftaligida uy uchun birinchi ayollar kolleksiyasini namoyish etishdan avval, dizayner 27-iyun kuni erkaklar namoyishi bilan debyut qiladi.

Jonatan Anderson o‘zining Instagram sahifasida ushbu tayinlov haqida shunday izoh berdi:

“Dior’ga ayollar va erkaklar kolleksiyalarining ijodiy rahbari sifatida qo‘shilish men uchun katta sharaf hisoblanadi. Men har doim bu uyning boy tarixi – uning teranligi va nozikligidan ilhomlanib kelganman. Ushbu ajoyib hikoyaning yangi sahifasini birgalikda yozish uchun afsonaviy atelyelar bilan yonma-yon ishlash imkoniyatini intiqlik bilan kutmoqdaman. Bernar va Delfin Arnoga ko‘p yillik ishonch va sadoqatlari uchun chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman”.

Maqolani baham ko'ring

Related articles