Jonatan Anderson va Luka Guadanino

Dizayner film uchun liboslar yaratmoqda

Foto: Instagram / jonathan.anderson

Dior’ning ijodiy direktori Jonatan Anderson yana rejissyor Luka Guadanino bilan hamkorlik qilmoqda — bu safar sun’iy intellekt dunyosi haqidagi “Artificial” nomli komediya loyihasida. Filmda Endryu Garfild, Yura Borisov va Kuper Kox rol ijro etadi. Ilgari Anderson “Challengers” va “Queer” filmlari uchun liboslar ustida ishlagan va bu ishi uchun Libos bo‘yicha rassomlar gildiyasi tomonidan nominatsiyaga tavsiya etilgan.

“Kinoda ishlash — bu teatr, lekin xarakterga e’tibor qaratiladi. Bu boshqacha fikrlashga undaydi”, – deb ta’kidladi dizayner.

Maqolani baham ko'ring

Related articles