Juliya Roberts San’at ordeni kavaleri unvoniga sazovor bo‘ldi
Aktrisa san’at va madaniyat sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi

Aktrisa Fransiya madaniyat vaziri Rashida Datidan San’at va adabiyot ordeni kavaleri unvonini qabul qildi. Uchrashuv Parijda "Oltin globus" mukofotini topshirish marosimi doirasida o‘tkazildi.
San’at va adabiyot ordeni kavaleri unvoni Fransiyaning to‘rtta asosiy mukofotlaridan biri hisoblanadi. Bu unvon san’at va madaniyat rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan shaxslarga beriladi.