Juventus uchun Armanidan yangi to‘plam

Maydondan tashqaridagi elegant forma

22 Avg 2025
Foto: Instagram / Giorgioarmani

Giorgio Armani moda uyi Juventus futbol klubi erkaklar jamoasi uchun 

yangi rasmiy off-field formasini ishlab chiqdi. 2025/26 i 2026/27 mavsumlarida maydon tashqarisidagi barcha rasmiy tadbirlarda ana shu forma kiyiladi. 

To‘plamda brendga xos bo‘lgan midnight blue rangidagi kostyumlar, krep va suvga chidamli kashmirdan tikilgan ko‘ylaklar, yumshoq shimlar, yengil jun matosidan futbolkalar, polo va jemperlar mavjud. Tantanali holatlar uchun oq ko‘ylak, bo‘yinbog‘ va klassik kostyum ham hozirlangan bo‘lib, bo‘yinbog‘ga jakkard logotip tushirilgan. 

Hamkorlik Armani‘ning futbol olami bilan uzoq yillik aloqasini yana bir bor ko‘rsatib beradi. Ilgari brend Italiya terma jamoasi, shuningdek Chelsea, Newcastle United va Bayern Munich uchun formalar ishlab chiqqandi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles