Kadrda qo‘llar: manikyur siz uchun so‘zlaganda
Nail-art S2025 to‘lqinida

Yoz – yangilanish va yangi go‘zallik g‘oyalari uchun eng qulay payt. Yangi ipak sarafan va somon shlyapaga eng yaxshi to‘ldiruvchi sifatida kayfiyatingizni aks ettiradigan ijodiy manikyur xizmat qiladi. Yulduzli kechalarning to‘q ranglaridan tortib, moviy qirg‘oqlarning yorqin bo‘yoqlarigacha – har bir moda ishqibozi palitrada o‘ziga mos rangni topadi. Quyoshli mavsumning eng mashhur tendensiyalari haqida esa ushbu maqolada o‘qing.
Tirnoqlar – bu kichik xolstlar bo‘lib, ularda san’at asari yaratish mumkin. Zamonaviy nail-art bloggerlari buni barmoq uchlarida butun manzaralar tasvirlangan ajoyib ishlari bilan isbotlamoqda. Bu o‘zini ifoda etishning bir usuli bo‘lib, unda doimo “fikringizni o‘zgartirishingiz” va atigi bir necha soat ichida mutlaqo hayratlanarli narsani yaratishingiz mumkin.
Minimalistik yorqinlik
Shunday qilib, mevali nail-art trendi ommalashdi: tarvuzlar, apelsinlar, limonlar, qulupnay va qorag‘at – tasavvur uchun imkoniyatlar cheksiz. Hayratlanarlisi shundaki, bu mutlaqo dabdabali emas, aksincha juda hayotbaxsh ko‘rinadi.

fotо: instagram \ @amberjhnails

fotо: instagram \ @thehotblend
Akvarel yoyilmalari
Akvarelga taqlid qiluvchi noyob texnika tirnoqlarda juda go‘zal ko‘rinadi. Yumshoq pushti, yalpiz, lavanda va shaftoli ranglari tirnoq plastinkasida “tarqalib” ketgandek bo‘lib, yengillik va havoiylik effektini yaratadi. Bunday manikyur har qanday kiyimga mos keladi va tirnoqlarni vizual jihatdan uzaytiradi. Bu ta’til uchun ideal yechim: Nailfie to‘plamida juda ajoyib ko‘rinadi – nail + selfi so‘zlaridan, manikyur suratlarini yirik planda olish tendensiyasi.

fotо: instagram \ @basecoatstories
Gradiyent
Bir rangdan boshqasiga, ayniqsa oqdan pushti, lavanda yoki yalpizga o‘tuvchi gradiyent yana dolzarb. Vertikal va gorizontal ombre ham mashhur. Gradiyent har qanday elementlar bilan to‘ldirilishi mumkin: geometrik shakllar, zarvaroq, stikerlar yoki murakkab rasmlar. Asosiysi, me’yordan oshmang: ikki barmog‘ingizga biroz murakkab dizaynni qo‘llang, qolganlarini esa uyg‘un rangda bo‘yang.

fotо: instagram \ @basecoatsories
Tabiiylik
Tabiiy go‘zallik harakatini qo‘llab-quvvatlovchi modellar va bloggerlar gel-lakdan voz kechib, yangi urfdagi “yapon manikyuri”ni afzal ko‘rmoqda. Bu tabiiy spa-parvarish bo‘lib, unda marvarid, dengiz o‘tlari, keratin, asalari mumi va vitaminlar asosidagi mineral pastalar va kukunlardan foydalaniladi. Tirnoqlarni lak bilan qoplash o‘rniga maxsus buflar bilan ko‘zgudek yarqiratiladi.

fotо: instagram \ @raelondonnails
“Yaxshi parvarishlangan qo‘llar ayol haqida so‘zlardan ko‘ra ko‘proq narsa aytadi”, – deb yozgan buyuk Koko Shanel. Shuning uchun lak rangidan qat’iy nazar, tirnoqlarning tabiiy va ozoda ko‘rinishi o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishning majburiy qismi hisoblanadi.