Kann kinofestivali

Ertaga start beriladi

Foto: INSTAGRAM / festivaldecannes

78-Kann kinofestivali ertaga o‘z ishini boshlaydi. Asosiy kino tadbirining muhim jihatlari bilan tanishib chiqamiz:

  • Festival 13-24-may oralig‘ida o‘tkaziladi. Namoyish dasturini Ameli Bonnenning “Bir kun ketish” filmi ochib beradi.
  • Ochilish marosimida umr bo‘yi erishgan yutuqlari uchun Robert De Niroga “Faxriy oltin palma shoxi” topshiriladi.
  • Fransiyalik aktrisa Juliyet Binosh rahbarligidagi hakamlar hay’atiga Xolli Berri, Jeremi Strong, Payal Kapadia, Alba Rorvaxer, Leyla Slimani, Dedo Hamadi, Xong Sangsu va Karlos Reygadas kiritilgan.
  • Bosh mukofot uchun Ari Asterning “Eddington” qora komediyasi, Ues Andersonning “Finikiya sxemasi” josuslik trilleri, Yoakim Triyerning “Sentimental qadriyat” dramasi, shuningdek, Richard Linklaterning “Yangi to‘lqin” va Juliya Dyukornoning “Alfa” filmlari kurashadi.
  • “Alohida nigoh” dasturiga Skarlett Yoxanssonning rejissyorlik debyuti “Buyuk Eleonora”, Xarrisis Dikinsonning “Urchin”, Kristen Styuartning “Suv xronologiyasi”, Yuber Sharuelning “Meteorlar” asarlari kiritilgan.
  • Tanlovdan tashqari Tom Kruz ishtirokidagi “Uddalab bo‘lmas topshiriq: So‘nggi hisob-kitob”, Spayk Lining “Jannat va do‘zax” hamda Rebekka Zlotovskining “Shaxsiy hayot” filmlari namoyish etiladi.



Maqolani baham ko'ring

Related articles