Kann kinofestivali
G‘oliblar e’lon qilindi

78-Kann kinofestivali rasman yakuniga yetdi. Taqdirlash marosimi natijalari ma’lum bo‘ldi:
“Oltin palma shoxi” eronlik rejissyor Ja’far Panohiyning “Oddiy tasodif” filmiga nasib etdi.
Yoakim Triyerning “Sentimental qadriyat” filmi Gran-prini qo‘lga kiritdi
Eng yaxshi rejissyor — Kleber Mendonsa Filo, “Maxfiy agent”
Eng yaxshi ssenariy – Jan-Pyer va Lyuk Dardenn, “Yosh onalar”
Hakamlar hay’ati mukofotiga bir vaqtning o‘zida ikkita film – Oliver Laks rejissyorligidagi “Sirat” va Masha Shilinskiyning “Yiqilish tovushi” filmlari sazovor bo‘ldi.
Eng yaxshi ssenariy — Jan-Pyer va Lyuk Dardenn, “Yosh onalar”.
Eng yaxshi erkak roli — Vagner Moura “Maxfiy agent”dagi ijrosi uchun.
Eng yaxshi ayol roli — Nadya Melliti “Kichik Dernier” filmidagi ijrosi uchun.
Maxsus mukofot — rejissyor Bi Gan, “Qayta tirilish”.
Eng yaxshi qisqa metrajli film uchun mukofotni Taufik Baromning “Hozir o‘lsang xursand bo‘laman” filmi qo‘lga kiritdi.