Kashf etilmagan O’zbekiston

Tog‘lar va cho‘llar uchrashadigan joy: mamlakatning hayratbaxsh tabiiy landshaftlari

Foto: Marat Nadjibaev

O‘zbekiston faqat qadimiy shaharlar va betakror me’moriy yodgorliklardan iborat emas. Bu har kim tashrif buyurishi kerak bo‘lgan hali o‘rganilmagan tabiiy landshaftlar mamlakatidir. Sirli daralar va tiniq ko‘llardan tortib, bepoyon sahrolar, ulug‘vor tog‘ manzaralarigacha... 

Qulasa sharsharasi, Toshkent viloyati

Qulasa daryosi darasida yashiringan bu sharshara o‘zining go‘zalligi va ovloqligi bilan kishini maftun etadi. Uning balandligi 15 metrga yaqin bo‘lib, suv tik qoyalardan tushib, pastda kaskadlar va kichik tabiiy havzalarni hosil qiladi. Dara qalin o‘t-o‘lanlar va qoyali tog‘lar bilan o‘ralgan. Bu sokinlik va tabiat bilan birlashish istagida bo‘lganlar uchun ideal joy. 

Aydarko‘l ko‘li, Jizzax viloyati

Aydarko‘l ko‘li Jizzax viloyatidagi Qizilqum cho‘li qumlari orasiga yashiringan. Shuningdek, u Oʻrta Osiyodagi eng yirik suv havzalaridan biri boʻlib, dasht va qumtepalar bilan oʻralgan. Bu yerda ko‘plab noyob qush turlari, jumladan, flamingo, pelikan va burgutlar yashaydi. Sayohatchilar ko‘lda cho‘milish va toza suvdan bahramand bo‘lishlari ham mumkin. 

Arashan ko‘llari, Namangan viloyati

Chotqol tizmasi atrofida joylashgan baland tog‘ ko‘llari guruhi Arashan ko‘llari, deb ataladi. Ular dengiz sathidan taxminan 1600 metr balandlikda joylashgan bo'lib, u yerga faqat tog' dovonlari va daralardan o'tib borish mumkin. Ko‘llarning suvi nihoyatda toza va shaffof, kristall-ko‘k tusga ega. Bu ko‘llar suvining shifobaxsh kuchi bor, deb ishonishadi va ko‘pchilik bu yerga salomatlik va uzoq umr beruvchi "tiriklik suvi"ga qo‘l tekkizish uchun keladi.

Sangardak sharsharasi, Surxondaryo viloyati

Sharsharaning nomi tojik tilida "shovqinli", degan ma'noni anglatib, bu joyni juda yaxshi tasvirlaydi. Sangardak O‘zbekistonning eng kuchli sharsharalaridan biridir. Yer osti manbalaridan sizib chiqayotgan tiniq suv 15 metrdan ortiq balandlikdan shovqin bilan oqib tushadi. Atrofdagi yashil vodiylar va qalin o‘simliklar Surxondaryoning cheksiz tog‘ landshaftlari orasida haqiqiy vohani tashkil etadi. 

Urungach nefrit ko‘llari, Toshkent viloyati

Ko‘llar Ugom-Chotqol milliy bog‘i hududidagi tog‘ cho‘kmasida joylashgan. Bu nom barcha dam oluvchilarni maftun qiladigan yorqin nefritli suvning tekisligini aks ettiradi.Bu yerda, shahar shovqinidan uzoqda tog'larning salqinligini his qilish va go'zal suv havzalarining billur tiniqligidan bahramand bo'lish mumkin.

Ustyurt platosi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kaspiy va Orol dengizlari oralig‘ida joylashgan Ustyurt platosi Markaziy Osiyoning eng sirli nuqtalaridan biri sanaladi. Ustyurt yuzlab kilometrga cho‘zilgan bo‘lib, daralar, tik jarliklar va toshloq tekisliklardan iborat. Bu yerga ekotur va ekspeditsiyalar - noyob tabiiy va arxeologik obyektlarni o‘rganish uchun kelishadi. Aynan shu yerda maftunkor qizil shafaq va cheksiz yulduzli osmondan zavqlanish mumkin.

Fotо: Marat Nadjibaev

Maqolani baham ko'ring

Related articles