Kendall Jenner uchun pardoz

L‘Oréal va Mugler

02 Sen 2025
Foto: Instagram / Lorealparis

L‘Oréal Paris va Mugler fransuz brendlari soni cheklangan pardoz vositalarini taqdim etdi. Bu Mugler uchun so‘nggi 15 yil ichida chiqarilgan ilk to‘plam bo‘ldi. Kampaniya yuzi sifatida Kendall Jenner tanlangan bo‘lib, u arxiv qiyofalarda, jumladan, 1997-yilgi "Les Insectes" bahor-yoz to‘plamidan o‘rin olgan Papillon Fourreau libosida suratga tushdi.

To‘plamga 10 xil tusdagi tonal kremlar, ko‘zlar uchun layner, kipriklarga surtma, qattiq xaylayterlar, gialuron kislotali jilosiz lab bo‘yoqlari va tenlar kiritilgan. Narxlar 14,99 yevrodan 24,99 yevrogacha.

Maqolani baham ko'ring

Related articles