Kenzo 2025-yil uchun kuzgi kampaniyasini namoyish etdi

“Shaharning yovvoyi quvvati”

02 Sen 2025
Foto: Instagram / Kenzo

Kenzo fransuz brendi mashhur ko‘cha fotocuratchisi Bruce Gilden tomonidan Nyu-York ko‘chalarida tasvirga olingan yangi kampaniyasida erkaklar va ayollar to‘plamlarini birlashtirdi. 

Kadrlarda — liboslarga tushirilgan quyon tasviri, sharsimon keng shimlar, echki yungidan to‘qilgan kalta shimlar, atlas bilan bezatilgan kimono-jaketlar. To‘plamga yapon siluetlari va 1979-yilgi arxivdagi quyon chizmasi ilhom manbai sifatida xizmat qilgan. 

Kampaniya “Shaharing yovvoyi quvvati”ni aks ettirib, ikki qahramonni - Nyu-Yorkning nufuzli Uptown tumanida yashovchi boy oila farzandi - preppi-yigit va muqobil modasi bilan ajralib turuvchi Lower East Side‘dan chiqqan erkin qizni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi. Videolavha "Little Legs" ijodiy jamoasi tomonidan suratga olingan.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles