Kering Yves Saint Laurent’ga yangi ijrochi direktor tayinladi
Bu lavozimga Cédric Charbit tayinlandi

Fransuz konglomerati Kering Yves Saint Laurent moda uyi uchun yangi ijrochi direktor tayinladi. Bu lavozimga 2025-yil 2-yanvardan ish boshlashi kutilayotgan Cédric Charbit tayinlandi.
2013-yildan buyon bu lavozimni Francesca Bellettini egallab kelgan edi. Bayonotda aytilishicha, u “konglomerat bosh direktorining o‘rinbosari sifatida moda uyiga sodiq qoladi”.
Ilgari Charbit Balenciaga’ning ijrochi direktori bo‘lgan. Uning o‘rnini Gianfranco Gianangeli egallaydi.