“Kim Jons dunyosi” kimoshdi savdosi

Tadbir Joopiter raqamli platformasida o‘tkaziladi

Foto: INSTAGRAM / JOOPITEROFFICIAL

Farrell Uilyams o‘zining Joopiter raqamli platformasida o‘tkaziladigan “Kim Jons dunyosi” kimoshdi savdosi haqida e’lon qildi.

Bu platforma Kim Jonsning modadagi merosi, dizayndagi qarashlari va san’atga bo‘lgan o‘ziga xos yondashuvini o‘rganish imkonini beradi.

Savdoga qo‘yilgan buyumlar orasidan Louis Vuitton, Fendi va Dior’dagi inqilobiy ishlaridan noyob namunalar, prototiplar va eksklyuziv hamkorliklar, shuningdek Nike, Travis Scott, Hajime Sorayama’dan kam uchraydigan buyumlar joy olgan.

Kimoshdi savdosidan tushgan mablag‘ning bir qismi sayyoramizning eng muhim va zaif tabiiy hududlarini muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi Worldlandtrust xalqaro xayriya tashkilotini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Kimoshdi savdosi bugun boshlanadi va 11-martgacha davom etadi, to‘liq katalogni hoziroq ko‘rish mumkin.

 

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles