Klaudiya Shiffer va Nikolas Xolt

Tommy Hilfiger 2026 kuzgi kampaniyasi

27 Avg 2025
Foto: Instagram / Tommyhilfiger

Tommy Hilfiger Klaudiya Shiffer va Nikolas Xolt ishtirokidagi 2026-yil kuzgi kampaniyasini taqdim etmoqda. Glen Latchford tomonidan suratga olingan The Hilfiger Racing Club kampaniyasining vizual uslubi vintaj avtosport estetikasidan ilhomlanib yaratilgan. 

Yangi to‘plam AQSH universitetlarida yuzaga kelgan klassik preppy estetikasini o‘zgacha talqin qiladi. To‘plamdan yangilangan tartanlar, suv o‘tkazmaydigan kurtkalar va ekologik jun matosidan tikilgan trench-plashlar o‘rin olgan. 

Kampaniya brendning yangi konsepsiyasini ochib beradi — You‘re Invited No RSVP Required (“Siz taklif etilgansiz, javob talab qilinmaydi”). Uning markazida o‘zini erkin ifoda etish va modaning qat’iy qoidalaridan voz kechish g‘oyasi yotadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles