“Ko‘zgu” ko‘rgazmasi ochilishi

Gulchehra Rahimova o‘z asarlarini taqdim etadi

28 Avg 2025
Foto: Instagram / Humanhousegallery

30-avgust kuni soat 11:00 da Human House art-maydonida “Ko‘zgu” ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, xizmat ko‘rsatgan rassom Gulchehra Rahimovaning shaxsiy ekspozitsiyalari namoyish etiladi. Rahimovaning Germaniya, Fransiya, AQSH va O‘zbekistonda namoyish etilgan asarlari bugun dunyo bo‘ylab xususiy to‘plamlarda saqlanmoqda. “Ko‘zgu” loyihasida rassom inson ichki olamini va uning tashqi borliqdagi aksini tadqiq etadi. Rassomning ramzlar va tuyg‘ular bilan to‘yingan ijodi tomoshabinni san’at bilan shaxsiy suhbatga chorlaydi. 

Kirish bepul.

Maqolani baham ko'ring

Related articles