Kristofer Nolanning «Odisseya»si
Falsafiy mavzular va vizual ko‘lam

Kristofer Nolan Gomerning “Odisseya” dostonini epik tarzda ekranlashtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Filmning premyerasi 2026-yil 17-iyulga belgilangan. Asar rejissyorning faoliyatidagi eng katta byudjetlardan birini olgan bo‘lib, chiptalarning oldindan sotilishi chiqishidan bir yil avval boshlanadi. Syujet klassik “Odisseya”ga asoslangan, biroq Nolanning o‘ziga xos uslubida - falsafiy mavzular, ulkan vizual ko‘lam va g‘ayrioddiy hikoya tuzilishi bilan qayta talqin etiladi. Aktyorlar tarkibiga Mett Deymon, Tom Holland, Zendaya, Robert Pattinson, Elliot Peyj, Mia Got, Jon Leguizamo, Samanta Morton, Logan Marshall-Grin, Ximesh Patel, Josh Styuart va boshqalar kiradi.