L‘Oréal Paris Hôtel de Ville‘da

Har yillik namoyish

09 Sen 2025
fotо: Instagram / kendall_fan_forever

L‘Oréal Paris o‘zining sakkizinchi Le Défilé namoyishini Parij markazida, Hôtel de Ville qarshisidagi maydonda o‘tkazadi. 29-sentyabr kuni soat 21:15 da bo‘lib o‘tadigan tadbir Moda haftaligi rasmiy dasturidan o‘rin oladi. Brend, Jane Fonda, Viola Davis, Helen Mirren, Kendall Jenner va Aishwarya Rai kabi barcha elchilarini “Erkinlik, tenglik, opa-singillik. Sen bunga loyiqsan” shiori ostida jamlaydi. 

Namoyish Instagram, TikTok, YouTube, Roblox platformalari hamda sayt brendida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. Shuningdek, butun dunyo bo‘ylab watch party tadbirlari tashkillashtiriladi.

Qiyofalar uchun vizaj ustasi Harold James va soch turmagi bo‘yicha stilist Stephane Lancien javobgar bo‘ladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles