L’Oréal Professionnel’dan mashhur soch parvarishi turkumi

L’Oréal Professionnel’dan sinab ko‘rishga arziydigan vositalar

11 Iyun 2025

Soch parvarishi oddiy kundalik yumush emas, balki haqiqiy san’atdir va bu sohada nafaqat samarali ishlaydiganini, balki uzoq muddatda soch salomatligini saqlaydigan mos vositalarni tanlash muhim ahamiyatga ega. L’Oréal Professionnel parvarish turkumi turli xil soch turlari uchun yechimlarni taqdim etadi hamda bo‘yash natijasini saqlash, shikastlangan sochlarni tiklash va ularni tashqi salbiy ta’sirlardan himoya qilish imkonini beradi. ELLE O‘zbekiston L’Oréal Professionnel bilan hamkorlikda sochlaringizga mos parvarishni tanlashingizga ko‘maklashish maqsadida har bir turkumning vazifalari haqida so‘zlab beradi.

Vitamino Color: Rangni uzoq vaqt davomida himoyalash

Doimiy ravishda sochini bo‘yaydiganlar uchun nafaqat sochning sog‘lom ko‘rinishini saqlash, balki rang sifatini iloji boricha uzoqroq muddat davomida saqlab qolish ham muhimdir. Vitamino Color parvarish turkumi bo‘yalgan sochlarni himoya qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Antioksidant xususiyatlarga ega shampun sochlarni tashqi ta’sirlardan himoya qilishga yordam beradi, shuningdek, 8 hafta¹ davomida rang to‘yinganligini saqlab qoladi. Ushbu turkumdagi mahsulotlar pigmentning yuvilishidan himoya qiladi hamda sochlarni yanada yaltiroq va mayin qiladi.

Vitamino Color⁷ shampuni, niqobi va yuvilmaydigan soch spreyi

Vitamino Color turkumi rang yorqinligi va to‘yinganligini saqlamoqchi bo‘lganlar uchun juda mos keladi. Natijada sochlar sezilarli darajada yumshoq, yaltiroq va jozibador bo‘lib qoladi. Vitamino Colorni qo‘llash orqali soch rangi uzoq vaqt saqlanib qolishiga va sochlar yaltiroqligini yo‘qotmasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Turkumga sochlaringizni har tomonlama parvarish qilishni ta’minlaydigan shampun, konditsioner, issiqlikdan himoya vositasi, niqob va to‘ldiruvchi konsentrat kiradi.

Absolut Repair Molecular: Shikastlangan sochlarni tiklash

Shikastlangan va zaiflashgan sochlarni chuqur tiklash oson vazifa emas. Absolut Repair Molecular turkumidan foydalanish peptid bog‘lovchi va 5 ta aminokislotali innovatsion formula tufayli sochlarni makromolekulyar darajada tiklab, ularga sezilarli yaltiroqlik va hayotiy kuch² baxsh etadi. Bu vositalar bo‘yalgan, oqartirilgan yoki tez-tez issiqlik ta’siriga uchragan sochlar uchun juda foydalidir.

Ushbu turdagi mahsulotlar bilan sochlar yanada mustahkam bo‘ladi va ularning tuzilishi tez tiklanadi. Absolut Repair Molecular ni qo‘llash orqali sochlarni nafaqat sog‘lom ko‘rinishga qaytarish, balki ularning tashqi ko‘rinishini sezilarli darajada yaxshilash mumkin: sochlar elastik, yumshoq va silliq bo‘lib, natija bir necha marta ishlatilgandan so‘ng ko‘zga tashlanadi. Turkumda pre-shampun, sulfatsiz shampun, yuviladigan tiklovchi zardob va niqob mavjud bo‘lib, ular sochlaringizga ehtiyotkorlik bilan mustahkamlik va elastiklikni qaytaradi. Shuningdek, 230°C³ gacha issiqlikdan himoyalovchi Absolut Repair Molecular⁷ yuvilmaydigan parvarish vositasi ham taqdim etiladi.

Metal Detox: Keraksiz metallardan himoya

Ko‘pchilik sochimizni yuvadigan suvda soch tuzilishini buzadigan va rangiga ta’sir qiladigan metallar bo‘lishi mumkinligini o‘ylab ham ko‘rmaydi. Ushbu muammoga yechim sifatida L’Oréal Professionnel Metal Detox⁷ turkumini taklif etadi. Bu mahsulotlar sochlarni to‘plangan metallardan samarali tozalaydi, ayniqsa bo‘yalgan va oqartirilgan sochlar uchun juda muhimdir.

Metal Detox⁷ shampuni, niqobi, moyi, yuvilmaydigan kremi

Metal Detox vositalari metallarning ta’sirini zararsizlantiradi, sochlarning sinuvchanligini kamaytiradi va ularga jilo⁵ beradi. Agar sochlaringizni tez-tez bo‘yash yoki oqartirishga duchor qilsangiz, bu mahsulotlar sochlaringizni parvarishlashda ajoyib yordamchi bo‘lib, ularning sog‘lom ko‘rinishi va rangining yorqinligini saqlaydi. Turkumda sochlarning sinishini oldini oluvchi pre-shampun, metall zarrachalaridan tozalovchi shampun, sochlarda metallarning yanada to‘planishini oldini oluvchi niqob, metallarning keyingi to‘planishiga to‘sqinlik qiluvchi va 230°C³ gacha issiqlikdan himoyalovchi yuvilmaydigan krem, shuningdek, sochlarga jilo beruvchi moy mavjud.

Pro Longer: Uzun sochlarni tiklash va qalinlashtirish

Uzun sochlar ham o‘zining baquvvatligi va sog‘lom ko‘rinishini saqlash uchun maxsus parvarishni talab qiladi, ayniqsa uchlarida, chunki ular ko‘pincha ingichkalashib, mo‘rt bo‘lib qoladi. Pro Longer turkumi sochlarini butun uzunligi bo‘ylab mustahkamlamoqchi va ularga qalinlik bermoqchi bo‘lganlar uchun mos keladi.

Pro Longer⁷ shampuni, niqobi va issiqdan saqlovchi krem

Ushbu seriya mahsulotlari sochlarni ildizidan uchigacha qalinlashtiradi va mustahkamlaydi. Pro Longer vositalari sochlarning sinuvchanligini kamaytirish va ularga jilo berish orqali tiklanishiga yordam beradi. Seriyada kompleks parvarish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar mavjud: tiklovchi shampun, konditsioner, niqob va uzun sochlar uchun issiqdan himoyalovchi krem.

Har bir soch turi uchun professional parvarish

L’Oréal Professionnel seriyalarining har biri turli soch turlari va ularning ehtiyojlari uchun samarali yechimlarni taklif etadi. Rangning yorqinligini saqlash, shikastlangan sochlarni tiklash yoki ularni suv, quyosh, shamol kabi tashqi ta’sirlardan himoya qilish kerakligidan qat’iy nazar, siz o‘z soch turingizga mos keladigan va ularning sog‘lom ko‘rinishini saqlab qolishga yordam beradigan vositalarni topishingiz mumkin.

 

Professional⁶ parvarish – bu nafaqat sochlarni parvarish qilish, balki har kuni ularning ajoyib holatiga ishonch hosil qilish hamdir.

¹Instrumental sinov: Vitamino Color turidagi shampun + konditsioner.

²Qo‘llanilganda: Absolut Repair Molecular turidagi shampun + yuviluvchi zardob + yuvilmaydigan niqob

³Instrumental sinov

Mis

Metal Detox turidagi shampun + niqob tizimi qo‘llanilganda

Go‘zallik salonlari va uyda foydalanish uchun

Vitamino Kolor, Absolyu Ripayr Molekyular, Metal Detoks, Pro Longer

Hamkorlik materiali

Maqolani baham ko'ring

Related articles