L’Oréal Professionnel’dan “Sutli French Balayage”
Trend bo‘layotgan bo‘yoqlash texnikasi

Agar siz anchadan beri soch rangini yangilash haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, ammo keskin o‘zgarishga tayyor bo‘lmasangiz, L’Oréal Professionnel’dan “Sutli French Balayage” texnikasiga e’tibor qarating — bu yozning eng talabgir xizmatlaridan biri. Yumshoq sut ranglari, tabiiy tus o‘tishi va parvarishlangan soch effekti uni tabiiy uyg‘unlikni saqlagan holda obrazini yangilamoqchi bo‘lganlar uchun ideal tanlovga aylantiradi.
Sutli French Balayage nima?
Parijlik ayollar sochidagi yorqinliklardan ilhomlangan “Sutli French Balayage” — bu bo‘yoqni erkin usulda ayrim tutamlarga surtish, rangni ildizdan uchiga tomon asta-sekin yoyish texnikasidir. Klassik balayagedan farqli ravishda, bu usulda och, qaymoqrang, sut-bej va pudra tuslari ishlatiladi. Natijada rang o‘tishlari juda tabiiy ko‘rinadi, sochlarga esa vizual hajm va yumshoq tuzilma beradi.

(tayyorlanmagan foto)
Texnika qoramtir-sarg‘ishdan och qo‘ng‘ir tuslargacha bo‘lgan aksar tabiiy soch ranglariga mos keladi.
Nega “Sutli French Balayage” mashhur?
Bunday bo‘yoqlash tez-tez yangilashni talab qilmaydi. Rang ildizlardan yumshoq o‘tganligi bois, sochlar o‘sib chiqqach ham tabiiy va ozoda ko‘rinadi. Sut tuslari yuz chizg‘ilarini yumshatib, ochilgan tutamlarda yorug‘lik o‘yinlari orqali sochning zarqirog‘ini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, “Sutli French Balayage” turli turmaklashlarga — erkin to‘lqinlardan tortib, silliq quyruqqacha — mos kelaveradi.
Bu texnikada ustalar Blond Studio 8 Bonder Inside¹ yorug‘lashtiruvchi balzamidan foydalanadilar. U sochni kerakli darajada ochishga, tarkibidagi parvarishlovchi komponent esa soch tuzilmasini saqlashga yordam beradi.

(Blond Studio 8 yorug‘lashtiruvchi balzam)
Yorug‘lashtirishdan so‘ng, rang berish uchun Dia Light¹ liniyasi palitrasidan foydalaniladi. Bu ammiaksiz bo‘yoq bo‘lib, ochartirilgan va sezgir sochlarga mos keladi. U yumshoq sut va bej tuslarini chiroyli yorqinlik bilan beradi, sochlarga intensiv zarqiroq baxsh etadi.

(Dia Light bo‘yoqlari)
“Sutli French Balayage”dan keyingi parvarish
Bo‘yoqlashdan so‘ng soch rangini va sog‘lom ko‘rinishini uzoqroq saqlash uchun mutaxassislar uy sharoitida professional vositalardan foydalanishni tavsiya etadi.
Metal Detox¹ — L’Oréal Professionnel’dan shampun va niqob bo‘lib, ular sochni yig‘ilgan metall zarralar²dan tozalash va bo‘yoqdan keyin rangni barqaror saqlashga yordam beradi.

(Metal Detox shampun, niqob va yog‘)
“Sutli French Balayage” bo‘yoqlashini L’Oréal Professionnel sertifikatiga ega, Blond Studio¹ va Dia Light¹ liniyalari bilan ishlash bo‘yicha o‘qitilgan ustalar bajaradi. Eng yaqin salon manzillarini ELLE O’zbekiston saytining L’Oréal Professionnel bo‘limida topish mumkin. Ushbu salonlarda L’Oréal Professionnel bo‘yoqlashiga 10% chegirma³ olish imkoniyati ham mavjud.
¹ Metal Detox, Blond Studio 8 Bonder Inside, Dia Light
² Mis
³ Taklif amal qilish muddati cheklangan. Batafsil ma’lumotni salonlardan so‘rang
Hamkorlik materialli