La Beauté

Louis Vuitton’dan go‘zallik liniyasi

Foto: INSTAGRAM / LOUISVUITTON

Louis Vuitton yangi “La Beauté” go‘zallik liniyasini ishga tushirmoqda, uning ijodiy rahbari Pet Makgrat bo‘ladi. Birinchi to‘plamga 55 ta labbo‘yoq, lablar uchun 10 ta balzam va ko‘z qovoqlari uchun 8 ta ten to‘plami kiradi. Bu 55 ga teng bo‘lgan LV rim raqamini ramziy aks ettiradi.

Louis Vuitton bosh ijrochi direktori Petro Bekkari ta’kidlashicha, liniya mahsulotlari noyob qadoqlash va o‘ziga xos aksessuarlar bilan ajralib turadi. Shuningdek, brendning “sayohat brendi” sifatidagi tarixiga asoslangan formulalar va tarkibiy qismlar haqidagi hikoyalar bilan birga keladi.

Petro shunday dedi: “Biz ilgari hech kim ko‘rmagan narsalarni yaratishga intilamiz. Formulalar, innovatsiyalar va o‘ziga xos qadoqlash yechimlariga sarmoya kiritmoqdamiz. Eng yaxshi mahsulot va eng yaxshi kreativ direktor – Pet Makgrat bilan ishlashimizga ishonch hosil qildik”.

Go‘zallik liniyasi brendning butun dunyo bo‘ylab 116 ta do‘konida sotiladi, biroq uning chiqish sanasi hozircha noma’lum.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles