LALI Couture FW25/26

Parij podiumida Buxoro oltini

Foto: instagram / lalifashion

Parijda Markaziy Osiyo brendlarining ilk namoyishi o‘tkaziladi, unda LALI brendi O‘zbekistonning zardo‘zlik merosiga bag‘ishlangan Fall-Winter 2025/26 kolleksiyasini taqdim etadi. Dizayner Lali Fozilova Buxoro kashtado‘zligining qadimiy texnikalarini zamonaviy talqin etmoqda. LALI kolleksiyasining vizual ilhomi Buxoro amiri Sayyid Mir Muhammad Olimxonning “Sitorai Mohi Xosa” saroyi devorlaridagi uslublashtirilgan gul naqshlari hamda qadimiy Buxoro ayvonlarini bezab turgan nafis guldasta bezaklaridan olingan.

Namoyish doirasida LALI brendi Qozog‘istonning SALTANAT Diamond Gallery zargarlik uyi bilan hamkorlik qildi. Janubiy Qozog‘iston tabiati – kapalaklar va dasht lolalaridan ilhomlangan taqinchoqlar liboslarni nozik tarzda to‘ldirdi.

“Markaziy Osiyoning zardo‘zlik merosi jahon madaniyatining haqiqiy xazinasidir. U allaqachon butun dunyo muzeylari to‘plamlaridan munosib o‘rin egallagan. Biroq ko‘pincha uni etnografik va folklor nuqtai nazaridan ko‘ramiz. Ushbu kolleksiyada biz oldimizga uni zamonaviy moda prizmasidan qayta talqin etish vazifasini qo‘ydik”, – deya izoh beradi Lali Fozilova.

Maqolani baham ko'ring

Related articles