O‘zbek brendi namoyishi Parijning katta moda haftaligida bo‘lib o‘tadi
LALI kutyur yo‘nalishini taqdim etadi

LALI uyi Parijdagi Haute Couture moda haftaligida debyutlik qiladi. Oʻzbek brendi Osiyo va Yaqin Sharqdagi dizaynerlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Fransiya-Marokash notijorat assotsiatsiyasi OFS International tomonidan tanlab olingan va mehmon sifatida taklif qilingan.
Art Deco uslubi estetikasidan ilhomlangan LALI Parij podiumida 2025-yil kuz-qish kolleksiyasini namoyish etadi. Biz bu yerda yo‘nalish haqida batafsil ma’lumot bergan edik.
«Bizning ustuvor vazifamiz Oʻzbekistonning hunarmandchilik va toʻqimachilik merosini qoʻllab-quvvatlash va qayta tiklashdan iborat. Biz atelye va ustaxonalarimizning barcha bosqichlarida barqaror ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratamiz», – deydi dizayner Lali Fazilova.