“Lazgi – qalb va muhabbat raqsi”
Saida Mirziyoyeva Qozog‘istondagi premyeraga tashrif buyurdi

Olmaotadagi Abay nomidagi Milliy opera va balet teatri sahnasida 17-mart kuni “Lazgi – qalb va muhabbat raqsi” baletining premyerasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva tadbirga tashrif buyurib, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:
“Qozog‘istonga avvalgi tashrifimiz chog‘ida “Lazgi – qalb va muhabbat raqsi” baletini qardosh mamlakatda namoyish etishni niyat qilgan edik. Niyatimiz amalga oshdi, 17-mart kuni Abay nomidagi Milliy opera va balet teatri sahnasida balet premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Saida Mirziyoyevaning so‘zlariga ko‘ra, bunday madaniy tadbirlar nafaqat san’atimiz go‘zalligini ochib beradi, balki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik rishtalarini mustahkamlaydi, o‘zaro munosabatlarni yaxshilab, yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradi.