Ledi Gaga

Qo‘shiqchi Ginnes rekordlar kitobiga kirdi

Foto: instagram / ladygaga

3-may kuni Kopakabana plyajida o‘tkazilgan Ledi Gaganing konserti ayol musiqachilar orasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan tadbir bo‘ldi. Ginnes rekordlar kitobi saytiga ko‘ra, tadbirga 2,5 milliondan ortiq kishi tashrif buyurgan.

Ushbu chiqish Gaganing so‘nggi 13 yil ichida Braziliyadagi ilk konserti bo‘lib, 2024-yil 4-mayda aynan shu joyda Madonna o‘rnatgan oldingi rekordni yangiladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles