LISA – “Alter Ego”
Xonandaning debyut albomi

LISA o‘zining dinamik debyut yakkaxon albomi “Alter Ego”ni taqdim etmoqda. Albomda 15 ta trek mavjud, ularda orasidan bir qator mashhur hamkorlilar ham koy olgan. Jumladan, ochilish treki “Born Again”da RAYE va Doja Cat, “New Woman”da ROSALÍA, “FXCK UP THE WORLD”da Future, “Rapunzel”da Megan Thee Stallion va “When I’m With You”da Tyla qatnashgan.
Nomidan ko‘rinib turganidek, “Alter Ego” BLACKPINK a’zosining musiqiy tajribalarini aks ettiruvchi beshta personaj misolida taqdim etilgan bo‘lib, LISA ular orqali dunyo bilan o‘rtoqlashmoqchi bo‘lgan musiqasini ifoda etgan.
Ular: qat’iyatli “rok yulduzi” Roksi; yanada avant-gard Sonni; yorqin Y2K uslubidagi qahramon Kiki; tezlik va avtomobil ishqibozi Spidi; hamda “yovuz” Viksi bor. Ushbu obrazlar orqali LISA o‘zining ko‘p qirraliligini namoyish etadi va sevimli K-pop guruhidagi faoliyatidan farqli o‘laroq, o‘zini haqiqiy yakkaxon yulduz sifatida namoyon qiladi.