Loewe cheklangan parfyumeriya to‘plamini yaratdi
Lladró kompaniyasi bilan hamkorlikda
Loewe modalar uyi Lladró chinni mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyas bilan birgalikda cheklangan parfyumeriya kolleksiyasini yaratdi. Kapsulaga Loewe Earth, Loewe Agua Drop va Loewe 001 atirlarining ifori kiritilgan.
Flakonlar pushti, ko‘k va oq tusli chinni gullar bilan bezatilgan qopqoqlar bilan jilolantirilgan. Taqdimot kampaniyasi Nacho Errando tomonidan suratga olingan.
Loewe x Lladró parfyumeriyalarining cheklangan to‘plamini brendning rasmiy veb-saytidan xarid qilishingiz mumkin.