Loewe jurnalining yangi sonini taqdim etdi
AW25 to‘plami va arxiv hikoyalar

Loewe o‘z jurnalining sakkizinchi sonini chop etdi. Bu galgi nashr Josef va Anni Albers jamg‘armasi bilan hamkorlikda yaratilgan 2025-yil kuz-qish to‘plamiga bag‘ishlandi. Mazkur tashkilot modern yo‘nalishida ijod qilgan ikki rassom merosini saqlab qolish, san’at, hunarmandchilik va dizayn o‘rtasidagi aloqani tadqiq etish bilan shug‘ullanadi.
Jurnal sahifalaridan 1977-yilgi Ford Fiesta kabi arxiv materiallar, shuningdek, hunarmandchilikka oid tadqiqotlar va Mark Eydelshtein, Jamie Dornan hamda Lesley Manville bilan suhbatlar joy olgan.
Jurnalning yangi soni 1-sentyabrdan boshlab Loewe‘ning dunyo bo‘ylab saralangan do‘konlarida sotuvga chiqdi.