London an’anaviy san’atlar maktabining filiali
Toshkentda ochilishi rejalashtirilmoqda

2025-yil kuzida O‘zbekiston poytaxtida The King‘s Foundation an’anaviy san’atlar maktabi o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda maktab direktori doktor Xolid Azzam o‘rtasida IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida imzolangan kelishuv tufayli amalga oshiriladi.
The King‘s Foundation 2005-yilda Londonda Qirol Charlz III tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, amaliyot, tadqiqot va ta’lim orqali amaliy-dekorativ san’atni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.
Yangi ta’lim dasturi talabalarga an’anaviy o‘zbek san’atini o‘rganish va rivojlantirish, uni madaniy merosning tirik qismi sifatida saqlab qolish imkonini beradi.