London Fashion Week SS26

80 dan ortiq ishtirokchi

Foto: Instagram / londonfashionweek

2026-yil bahor-yoz mavsumining London moda haftaligi 18-22-sentyabr kunlari o‘tkaziladi va Britaniya moda kengashining yangi bosh ijrochi direktori Laura Uir rahbarligidagi birinchi moda haftaligi bo‘ladi. Dasturda 80 dan ortiq dizayner taqdim etilgan bo‘lib, bu o‘tgan mavsumga nisbatan 18 foiz ko‘proqdir. Ishtirokchilar orasida Burberry, Erdem, Simone Rocha, Richard Quinn kabi brendlar bor. JW Anderson an’anaviy ko‘rgazma o‘rniga kechki tadbir o‘tkazishni ma’qul ko‘rgan.

Ilk bor Anamika Khanna, Dreaming Eli, Kseniaschnaider va Rory William Docherty singari brendlar ishtirok etmoqda. Shuningdek, H&M namoyishi hamda Selfridgesda stilist Garri Lambertning Disney x Zara kapsulali kolleksiyasi taqdimoti kutilmoqda. To‘liq dastur bilan London Fashion Week rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles