London Fashion Week. Street Style chapter

London moda haftaligi ko‘chalar ko‘zgusida

25 Sen 2025
Foto: Jack Hanrahan

Yaqinda Britaniya poytaxtida moda haftaligi yakunlandi. Haftalik doirasida yaqqol ko‘zga tashlangani nima bo‘ldi? Bizning quyoshli hududimizda issiq kiyimlar haqida o‘ylashga hali erta bo‘lsa-da, London allaqachon o‘ziga xos nafosat ila qalin kiyina boshlagan.

Bu mavsumda street style hech qanday qoidalarga bo‘ysunmaydi: moda shu darajada xilma-xil bo‘lib ketganki, ertaga qaysi uslub trendga aylanishini bashorat qilish qariyb imkonsiz.  Har kim o‘z shaxsiyatiga moslab qiyofasini yaratayotganini kuzatish juda maroqli.

Foto: Jack Hanrahan

Foto: Jack Hanrahan

Shaxsan bizga yumshoq fakturalar: ushlab ko‘rgingiz keladigan, to‘yingan ranglardagi kloglar, sviterlar va sumkalar alohida zavq bag‘ishladi. Londonning tarixiy me’morchiligi fonida klassik uslub ayniqsa boshqacha ko‘rinardi - qat’iy siluetlar shahar muhitiga ajoyib tarzda uyg‘unlashgandi.

Foto: Jack Hanrahan

Foto: Lucas Gaussen; Stilist: Yana Chaplygina

Foto: Jack Hanrahan

Foto: Jack Hanrahan

Foto: Jack Hanrahan

Foto: Jack Hanrahan

Foto: Ozoda Muminova; Stilist: Yana Chaplygina

Foto: Ozoda Muminova; Stilist: Yana Chaplygina

Foto: Jack Hanrahan

Aksessuarlar alohida e’tiborga loyiq bo‘ldi. Bu yerda ham xilma-xillik va ijodiy tartibsizlik hukmronlik qildi: g‘ayrioddiy qoplamali yoki bezakli midi sumkalar, g‘aroyib shakldagi ko‘zoynaklar, issiq paypoq bilan kiyilgan poyabzallar va, albatta, ko‘zga tashlanadigan zebu ziynatlar. Aynan shunday detallar bois London ko‘cha uslubi serqirra va betakror ko‘rinish kasb etdi. Endi Milan va Parij bizni nimalar bilan xursand qilishini intizorlik bilan kutamiz!

Foto: Valeriia Kaliupanova; Stilist: Yana Chaplygina

Foto: Jack Hanrahan

Foto: Jack Hanrahan

Foto: Jack Hanrahan

Foto: Jack Hanrahan



Maqolani baham ko'ring

Related articles