Louis Vuitton
Francheska Amfiteatrof brendni tark etdi

Mashhur zargar Francheska Amfiteatrof yetti yil davomida faoliyat yuritgan Louis Vuitton modalar uyidan ketishini e’lon qildi. Francheska Londondagi Sent-Martin nomidagi Markaziy san’at va dizayn kollejida ta’lim olgan. Kollekni tamomlagandan so‘ng u Balenciaga, Chanel, Fendi, Rifat Ozbek, Alice Temperley va Marni kabi mashhur brendlar bilan hamkorlik qilib, moda olamida o‘z o‘rnini topdi.
2013-yilda Francheska Tiffany & Co kompaniyasining bosh zargari etib tayinlandi va u yerda 2018-yilgacha ishlab, brend rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shdi.
Yirik moda uylaridagi muvaffaqiyatli faoliyatidan so‘ng, u o‘zining Thief and Heist nomli zargarlik brendini tashkil etdi, keyinchalik 2022-yilda uning nomi Pauer deb o‘zgartirildi.