Louis Vuitton’dan Silver Lockit

Har bir kishi uchun orzular

Foto: instagram / prestigeth

Louis Vuitton elchisi va Stray Kids k-pop guruhi a’zosi Feliks “Silver Lockit” qo‘shma kolleksiyasini taqdim etdi. Taqinchoqlar sotuvidan tushgan mablag‘lar UNICEF tashkilotini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Kolleksiyaga qayta ishlangan kumushdan yasalgan kichik qulfli tumor, sirg‘a va bilaguzuk kiradi. Aksessuarlar moviy yurak va “orzu” so‘zi o‘yib yozilgan naqsh bilan bezatilgan. Brend bayonotida ta’kidlanishicha, bu har bir bolaning orzu qilish huquqini eslatib turadi.

Kolleksiyaning chiqishi 18-iyulga mo‘ljallangan. Har bir buyumdan tashkilotga 100 dollardan 200 dollargacha mablag‘ o‘tkaziladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles