Louis Vuitton La Beauté‘ni taqdim etdi
Modalar uyining ilk kosmetik to‘plami

Louis Vuitton o‘zining ilk dekorativ kosmetika to‘plami La Beauté ni taqdim etib, hashamatning yangi bosqichiga ko‘tarildi. Pardoz bo‘yicha kreativ direktor Pet Makgrat brend arxivlari va sayohat ruhidan ilhomlanib 55 xil lab bo‘yog‘i, 10 ta balzam va 8 ta tenlar palitrasini ishlab chiqdi. To‘plamda turli xil teri rangiga mos yorqin ranglar, LV monogrammasi tushirilgan ekologik quti va parfyumer Jak Kavalye-Belletryud yaratgan iforlar mavjud. Xoyen, Ida Xayner, Chu Vong va Avar Odyang ishtirokidagi kampaniya 20 avgustda Xitoyda start oladi. To‘plamning jahonshumul chiqishi esa 25 avgustga belgilangan. Shuningdek, Nyu-Yorkda mahsulotlarni sinab ko‘rish va La Beauté dunyosini his etish mumkin bo‘lgan maxsus pop-up maydoni ochilishi ham ko‘zda tutilmoqda.