Louis Vuitton Parijda charxpalak o‘rnatdi
Bunga 1900-yil Butunjahon ko‘rgazmasidagi brend stendi turtki bo‘ldi

Louis Vuitton modalar uyi Parijdagi Vandom maydonining markaziga o‘zining so‘nggi reklama kampaniyasida aks ettirilgan charxpalakni o‘rnatdi. Bunga 1900-yildagi Butunjahon ko‘rgazmasida Jorj Vyuitton mashhur chamadonlarni duxoba charxpalakda namoyish etgan brend stendi ilhom bergan.
Charxpalakka 1-yanvargacha barcha xohlovchilar bepul tashrif buyurishlari mumkin.