LV va Grace Coddington‘dan yangi to‘plam

Ilhom manbai — mushukchalar

19 Sen 2025
Foto: louisvuitton.com

Louis Vuitton mushuklarni sevuvchi kreativ direktor Grace Coddington bilan hamkorlikda yaratilgan Travels With Grace Coddington mini to‘plamini taqdim etdi. Uning mushuklari Blondie, Blanket va Jimi dunyo bo‘ylab sayohat qilayotgan va fazoda quloch yozayotgan holatda patchlarda tasvirlangan. To‘plam chemodanlar, pijamalar, futbolkalar, xudilar, choyshablar, poyabzallar va aksessuarlardan iborat. Asosiy maqsad- sayohatlarni stresslardan halos etib, yoqimli tarzda o‘tishiga yordam beradigan mahsulotlarni taqdim etish. Sotuvlar 19-sentyabr kuni Louis Vuitton saytida boshlanadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles