Mahalliy brendlarni tanitish

Rivojlantirish bo‘yicha yangi tuzilma

Foto: instagram / dildorakasimovaofficial

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev milliy brendlarni rivojlantirish va targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadigan yangi tuzilma tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Uning vazifalari qatoriga xalqaro mutaxassislarni – brend-menejerlar, dizaynerlar, marketologlar va PR-menejerlarni jalb etish, shuningdek, xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan kamida 50 ta mahalliy mahsulotni tanlab olish kiradi.

Ushbu mahsulotlarga sifat belgisi berilib, so‘ngra ularni jahon bozoriga olib chiqish uchun keng ko‘lamli reklama kampaniyasi o‘tkaziladi. Bundan tashqari, mamlakat iqtisodiyotining yangi harakatlantiruvchi kuchlariga aylanishi mumkin bo‘lgan to‘qimachilik, mebelchilik va zargarlik sohalarini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilmoqda.

Maqolani baham ko'ring

Related articles