Mahatma Gandi
Faylasuf va patsifistning hayot qoidalari
Mahatma Gandini tanishtirishga ehtiyoj yoʻq. Tinchlik va zo‘ravonliksiz hayot falsafasini targ‘ib qiluvchi siyosiy arbob sifatida u 1947-yilda Hindistonni Britaniya hukumati mustamlakasidan ozod qildi. Ko‘plab avlodlar va mamlakatlar ma’naviy yetakchisining tug‘ilgan kunida uning hayotiy maslahatlarini esga olaylik.
- “Jonga-jon” tamoyili butun dunyoni ko‘r qiladi
- Kelajakdagi o‘zgarishlarni xohlasangiz, hozirgi o‘zgarishga aylaning
- Zaif odam hech qachon kechirmaydi. Kechirish – kuchlilarga xos
- Xato qilish erkinligini bermaydigan ozodlik hech narsaga arzimaydi
- Millatning hayvonlarga boʻlgan munosabatiga qarab uning buyukligi va axloqiy taraqqiyoti haqida xulosa chiqarish mumkin
- Ruhi tetik va oʻz missiyasiga so‘nmas sodiqlik bilan yashayotgan kichik tana tarixni o'zgartirishi mumkin
- Muhabbat hech narsani talab qilmaydi – u hamma narsani hadya etadi. Sevgi hamisha iztirob chekadi – hech qachon e’tiroz bildirmaydi, hech qachon o‘zi uchun qasos olmaydi
- Yashashning yagona yo‘li – boshqalarga yashashga imkon berish
- O'zining donishmandligiga mutlaq ishonish donishmandlikdan emas. Shuni yodda tutish kerakki, baʻzan kuchli odam ojizlik qilishi, dono odam esa xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin
- Nafratni muhabbat bilan, yolgʻonni haqiqat bilan, zo‘ravonlikni bagʻrikenglik bilan yenging
- Xudoning oʻzi muhabbatdir – bu men to‘liq tan oladigan yagona haqiqat. Sevgi Xudoga teng
- Haqiqiy go‘zallik qalb pokligidadir
Gandi haqida ko‘plab filmlar suratga olingan. Ulardan biri “Gandi” hind va ingliz kinematograflari hamkorligida 1982-yilda suratga olingan va 8 ta “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Buyuk ma’naviy rahnamo sharafiga ko‘plab pochta markalari chiqarildi va butun dunyo bo‘ylab yodgorliklar o‘rnatildi. Gandini “mingyillik odami” deb ham atashadi.