Malika Diananing kelinlik libosi haqida film suratga olinadi

Hujjatli film libos yaratilish tarixi haqida hikoya qiladi

Foto: instagram / ladydi__official

Malika Diananing kelinlik libosi haqida hujjatli film suratga olinmoqda. “Secrets of Diana’s Wedding Dress” nomli loyihada dizaynerlar Devid va Elizabet Emanuel birinchi marta yosh Diana Spenser ularga qo‘ng‘iroq qilib, “Mening to‘y libosimni yaratishni istarmidingiz?” – deb so‘raganini va bu ularning karyerasini butunlay o‘zgartirib yuborganini batafsil so‘zlab berishadi.

1981-yilda Devid va Elizabet Qirollik san’at kollejini endigina bitirgan yosh juftlik edi. Diana Emanuellar dizaynerlik dueti haqida eshitib qolib, ularga ertakdagi malika kabi ko‘ylak tikishni iltimos qilgan. “Asr libosi”ning yaratilishi jarayoni dizaynerlar film davomida gapirib beradigan qiziqarli va kulgili voqealar bilan bog‘liq bo‘lgan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles