Marc Jacobs‘dan qator kollaboratsiyalar

Kuz-2025

04 Sen 2025
Foto: Marcjacobs.com

Marc Jacobs 2025-yil kuzgi to‘plami doirasida sakkizta hamkorlikni yo‘lga qo‘yib,  moda va madaniyat chegaralarini kengaytirmoqda. To‘plamga jahonshumul brendlar bilan hamkorlikda yaratilgan 26 ta limitlangan buyum kirgan. 

Kollaboratsiyalar orasida — “Joy” deya nomlangan o‘ziga xos dizaynga ega Converse kedalari, Derrick Adams va Hattie Stewart asarlari bilan bezatilgan Shut skeytbordlari, Brompton velosipedlari, Crayola brend qutisidagi qalamlari, rang-barang Moleskine daftari, Gibson Les Paul gitaralari, jonivorlar uchun Maxbone aksessuarlari va Marc Jacobs mini-luklaridagi ikkita Barbie qo‘g‘irchog‘i bor. Shunisi qiziqki, Barbie va Brompton pozitsiyalari sotuvga chiqmaydi.

To‘plam Nordstrom pop-up do‘konlarida,  The Standard High Line (New York), Galeries Lafayette (Paris), Isetan (Tokyo) kabi savdo va lifestyle-makonlarida, shuningdek Marc Jacobs butigida hamda onlayn tarzda taqdim etiladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles