“Marie Antoinette Style” ko‘rgazmasi
Manzil - Londondagi Viktoriya va Albert muzeyi

Londondagi Viktoriya va Albert muzeyida 20-sentyabr kuni "Marie Antoinette Style" ko‘rgazmasi ochiladi. Mariya-Antuanetta obraziga bag‘ishlangan bu ekspozitsiya Versaldan keltirilgan shoyi poyabzallar, zebu ziynatlar, ko‘ylaklar parchalari, pardoz-andoz to‘plami elementlari va qirolichaning so‘nggi maktubi kabi 250 dan ortiq buyumni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Sofia Coppolaning “Mariya-Antuanetta” (2006) filmidagi liboslar, Manolo Blahnik tomonidan film uchun ishlab chiqilgan poyabzallar hamda ularning asl eskizlari, shuningdek qirollik uslubining Dior, Chanel, Vivienne Westwood va Moschino talqinidagi ko‘rinishlari namoyish etiladi. Bu Buyuk Britaniyada qirolicha uslubiga to‘liq bag‘ishlangan ilk ko‘rgazmadir.
Rasmiy homiy - Mariya-Antuanetta uslubidan ilhomlanib, poyabzal to‘plamini taqdim etgan Manolo Blahnik. Ko‘rgazma 2026-yilning 22-martigacha davom etadi.