Mariya Gratsiya Kyuri
Dior’dan ketdi
Mariya Gratsiya Kyuri Fransiyaning Dior modalar uyi ayollar kolleksiyalarining ijodiy rahbari lavozimini tark etdi. Nashrning yozishicha, Kyuri bu lavozimda to‘qqiz yil faoliyat yuritgan.
O‘tgan seshanba kuni Kyurining vatani Rimda o‘tkazilgan moda namoyishi uning Dior’dagi faoliyatining cho‘qqisi bo‘ldi. Loewe’ning sobiq ijodiy rahbari Jonatan Anderson Kyurining o‘rnini egallashi kutilmoqda.