Mate Blazi – Chanel’ning yangi ijodiy direktori
U 2025-yilning aprel oyidan boshlab o‘z faoliyatini boshlaydi
Chanel uyi 2024-yil iyun oyida lavozimini tark etadigan Virjiniya Viarning o‘rnini egallaydigаn yangi kreativ direktor nomini e’lon qildi.
Ilgari Bottega Venetada ishlagan Mate Blazi Chanel jamoasiga o‘tadi. U rasmiy ravishda 2025-yil aprel oyida o‘z ishini boshlaydi. Mate kutyur va ready-to-wear kolleksiyalarini yaratadi, shuningdek, brend aksessuarlari uchun javobgardir. Mate Blazining Chanel uchun birinchi kolleksiyasi 2025-yil oktyabr oyida namoyish etiladi.
«Umid qilamizki, biz keyingi 10-15 yil yoki undan ham ko‘proq vaqt birga ishlaymiz. Biz endigina o‘z hikoyamizni boshlayapmiz. Birgalikda brend uchun yangi sahifa yozish imkoniyatiga egamiz»,— deydi Chanel prezidenti Bruno Pavlovski.
Bruno Pavlovski kreativ direktor lavozimiga yana ikki nomzod ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi.