Max&Co. parfyum ishlab chiqarishni boshladi

To‘plam 3 ta iforni o‘z ichiga oladi

26 Avg 2025
Foto: Instagram / Maxandco

Max&Co. italyan brendi Mavive bilan hamkorlikda o‘zining ilk atirlarini taqdim etmoqda. To‘plamda yoshlar auditoriyasiga mo‘ljallangan 3 ta ifor mavjud bo‘lib, bular — She Is a 10, Morning Can Wait va Good Vibes Don‘t Lie atirlaridir. 

Parfyumlarning bari hissiy ta’sirni kuchaytiruvchi Wellmotion texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan. 

Atirlar sentyabrda Max&Co. brendiga qarashli 15 ta do‘kon va rasmiy saytda, shuningdek Douglas tarmog‘ida sotuvga chiqariladi. Yevropa va Osiyoda sotuvlar boshlanishi esa yil oxiriga rejalashtirilgan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles