McQueen kuz-2025

19-asr viktorian gotikasi

20 Avg 2025
Foto: Instagram / Alexandermcqueen

Alexander McQueen XIX asr obrazlari va viktorian gotikasidan ilhomlangan yangi kampaniyasini taqdim etdi.  Kampaniyaning bosh yulduzi — model Alex Consani, unga Atiek Geng, Chu Wong va Libby Taverner hamroh bo‘ldi. Brend kreativ direktori Shon MakGir Oskar Uayld, Vesta Tilli va Romen Bruks kabi tarixiy shaxslar xarakterini yetkazib berish uchun yana stilist Sara Richardson bilan hamkorlikda ijod qildi.  Modellar kulrang polotno fonida qora va oq to‘r liboslarda tasvirga tushishdi. Shamol sochlari bilan o‘ynashayotgan, uchli botinkalarni kiyib olgan modellarning bu turishini xuddi opa-singil Brontelar romani qahramonlari qiyofasiga o‘xshatish mumkin. MakGirning ta’kidlashicha, to‘plam erkinlik va jiddiylik, an’analar va isyon o‘rtasidagi keskinlikni ko‘rsatib beradi hamda hech kimga o‘xshamasligi bois bugungi kunda ham dolzarb bo‘lgan tafakkur egalariga bag‘ishlanadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles