McQueenning qoralama kitobchalari Kerry Taylor tomonidan auksionga qo‘yildi

Ularda Givenchy va shaxsiy kolleksiyalari uchun eskizlar taqdim etilgan

Foto: instagram / highsnobietydesign

Britaniyalik dizayner Aleksandr McQueenning chizim daftarlari Kerry Taylor kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Ularda 1990-yildan 2001-yilgacha bo‘lgan davrda uning shaxsiy to‘plamlari va Givenchy brendi uchun qoralamalar taqdim etilgan.

Chizim daftarlarida tarixiy ma’lumotlar va kiyim ko‘rigidan olingan polyaroid suratlar bilan birga mato va materiallar namunalari mavjud. Rasmlar orasida dizaynerning Central Saint Martinsda o‘qigan paytidagi ishlari hamda Givenchy uchun yaratgan so‘nggi yuqori moda to‘plami ham bor.

Maqolani baham ko'ring

Related articles