Mening ismimda nima bor?
Ism qo‘yishda g‘ayrioddiy o‘zbek an’analari
O‘zbeklar orasida ism qo‘yish marosimi “Ismlash” deb ataladi. Qadimdan bu marosim muqaddas voqea bo‘lib kelgan o‘ziga xos ma’noni anglatgan. Azaldan, odamlar insonga qo‘yilgan ism uning taqdirini hal qilishi mumkinligiga ishonishgan. Ism qo‘yish bilan bog‘liq ko‘plab urf-odatlar mavjud. Keling, ularning eng g‘ayrioddiylarini ko‘rib chiqamiz.
“Yanoqlaringda xol bor, ko‘zlaringda esa muhabbat”
Agar bola xol bilan tug‘ilgan bo‘lsa, unga Xolbek, Xolida, Norxol, Xoldor, Xolmurod, Oyxol kabi ismlarni qo‘yishgan. Bolaning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq an’analar ham mavjud. Masalan: bolaning tanasida ortig‘i bo‘lsa, u holda o‘g‘il bolani Ortiq, Ziyod, qiz bolani esa Ziyoda deb atashgan.
“Qaysi kun ekanligini ayt va men senga kimligingni aytaman”
Ism qo‘yishda ko‘pincha yilning ma’lum bir vaqti yoki kuni ham rol o‘ynagan. Masalan: agar bola bahorda, ya’ni kun bilan tunning teng kelgan vaqtida tug‘ilsa, unga Navro‘z yoki Navro‘za ismlarini berishgan. Ammo, agar farzand muqaddas Ramazon oyida dunyoga kelsa, Ramzan, Ramazon, Afruza, Hayitoy, Ro‘zimboy kabi ismlar mos kelgan.
Ma’nosi bilan kelgan qo‘shimcha
Juda ko‘p hollarda bolalarning ismlariga qo‘shimcha qo‘shib chaqirishadi. Har bir qo‘shimcha o‘ziga xos ahamiyatga ega. Agar oilada yuqori martabali shaxslar bo‘lsa, bolalarning ismlariga “bek”, “xon”, “zod”, “mir”, “xo‘ja” kabi qo‘shimchalar bilan to‘ldiriladi. Erkalash yoki kichraytirish maqsadida esa “jon” qo‘shimchasi ham ishlatiladi. Qiz farzandining go‘zalligini ta’kidlash uchun “gul” yoki “niso” qo‘shimchalari qo‘shilgan. Bu qo‘shimchalar esa chiroyli degan ma’noni anglatgan.
Salomatlik tilash istagida
Shunday an’analar ham bo‘lganki, bolaga sog‘lik tilash maqsadida, farzandini biron bir hayvon yoki narsa nomi bilan atashgan. Masalan: Bo‘rivoy, Olmaxon, Teshabek kabi.
Sehrli ismlar
Xonadonda faqat qiz farzandlar tug‘ilgan oilalarda ketidan o‘g‘il farzand tug‘ilishi uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqqa O‘g‘iloy deb ism qo‘yishgan. So‘zma-so‘z (o‘g‘il va oy).
Ketma-ket farzandlari vafot etgan xonadonlarda esa, yangi tug‘ilgan chaqaloqqa O‘lmas (o‘lmaydi) yoki To‘xtasin (to‘xtasin va yashasin) degan maqsadda shunday ismlar berilgan. Katta akalari yoki opa-singillari og‘ir kasallikka duch kelgan bo‘lsa, bolani Toshpo‘lat deb atashgan. So‘zma-so‘z “po‘latli tosh” degan ma’noni bildirib, sog‘lig‘i toshday qattiq bo‘lsin degan maqsadda bunday ism berilgan. Agar homiladorlik, tug‘ruq yoki go‘dak tug‘ilgan paytda ota-onadan kimdir vafot etsa, u holda bolaga Yodgor (xotira/esdalik) degan ism berilgan.
Vaziyatga ko‘ra qo‘yilgan ism
Agar bola yo‘lda tug‘ilsa, unga Safarboy (o‘zbek tilida safar – “yo‘l” degan ma’noni anglatadi) yoki Yo‘lchi deb ism qo‘yishgan.
O‘zbek an’analariga ko‘ra, bolaga ism qo‘yish huquqi oiladagi kattalarga hurmat belgisi sifatida bobo va buvilarga berilgan. Hozirgi kunda esa ko‘pchilik bu an’analardan tobora uzoqlasha boshladi. Ota-onalar farzandlariga arabcha yoki mashhur ismlarni qo‘yishmoqda. Hozirda turk seriallarining mashhurligi tufayli turk millatiga mansub ismlar keng tarqalmoqda. Qanday ism bo‘lishidan qat’i nazar, muhimi, bu ism egasiga baxt va omad olib kelsin.