Merayya Kerining yangi albomi chiqish arafasida
Yetti yillik tanaffus yakunlandi

Sentyabr oyida Merayya Keri yetti yil davomida “Here For It All” nomli birinchi studiyaviy albomini chiqaradi. Albomga 11 ta qo‘shiq, jumladan, “Type Dangerous” va “Sugar Sweet” singllari kiritilgan. Xonanda allaqachon asosiy trekning tizerini va plastinkaning muqovasini taqdim etgan. Kerining so‘nggi “Caution” albomi 2018-yilda chiqarilgan bo‘lib, tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan edi.